Kompensatsiya — tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha kredit foiz stavkasining bir qismini qoplashdir.
Kompensatsiya xizmati bepul taqdim etiladi.
Jamg‘arma tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.
Bunda, kompensatsiya «2+1» tamoyili asosida kredit (lizing)ning dastlabki ikki yili uchun taqdim etiladi, tadbirkorlar tomonidan biznes rejada ko‘zda tutilgan mahsulot (xizmat)lar ishlab chiqarish hamda ish o‘rinlari yaratish ko‘rsatkichlari to‘liq bajarilgan taqdirda, kompensatsiya taqdim etish davri qo‘shimcha bir yilga uzaytiriladi.
Kompensatsiya quyidagi maqsadlardan tashqari barcha yo‘nalishlarga beriladi:
Joriy kreditlar yoki budjet to‘lovlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lsa qarz oluvchilarning loyihalari bo‘yicha kompensatsiya berilmaydi.
Kompensatsiya olish uchun tijorat bankiga ariza bilan murojaat qilish yetarlidir.
Jamg‘arma kompensatsiya berishni quyidagi hollarda to‘xtatib turadi: