/Yangiliklar/Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22.08.2023 - 18:52 492

Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tadbirkordik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasida (Jamg‘arma) Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari bilan “Kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish dasturi” loyihasining 2-kichik dasturi loyihasi bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda OTBning Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassi Priyanka Sood, OTB maslahatchisi Dildora Tadjibayeva, OTB maslahatchisi Nargiza Saidova, Jamg‘arma ijrochi direktori Abbosxon Maxamatov, Iqtisodiy tahlil va aktivlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Qudrat Radjapov ishtirok etdilar

Uchrashuvda kichik dastur bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishi batafsil muhokama qilindi. Jamg‘armaga yuklangan vazifalar, ularni bajarilishi va bajarish muddatlari muhoqama qilindi.

Xususan, OTB vakillari hamda xalqaro konsultantlar ishtirokida ishlab chiqilgan Islohotlar matritsasining 1-kichik dasturiga ko‘ra berilgan tavsiyalarga muvofiq Jamg‘armada qator ishlar amalga oshirilganligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Xususan unga ko‘ra, Jamg‘armaning tarkibiy tuzilmasiga (struktura va Nizom) o‘zgartirishlar kiritildi, amaldagi/yangi boshqarma/bo‘lim (Risk menejment, Monitoring, Audit, Kafilliklar taqdim qilish) Nizomlari ishlab chiqildi, Jamg‘arma Biznes rejasi ishlab chiqildi, Kengash tarkibiga 3 ta mustaqil a’zolar kiritildi, Elektron tizim/dasturni (“Tadbirkor” Axborot tizimi) joriy qilindi, Audit qo‘mitasi, Risklarni boshqarish qo‘mitasi va Ichki audit xizmati tashkil etilganligi qayd etildi.

Shuningdek uchrashuvda “O‘zbekistonda yanada inklyuziv moliyaviy sektorni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish” loyihasi doirasida O‘zbekistonda APEX tashkilotini tashkil etish qaysi bosqichda ekanligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar “Kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish dasturi” loyihasining 2-kichik dasturni tasdiqlashini ta’minlash uchun barcha choralarini yakunlash vaqti to‘g‘risida kelishib olishdi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati