/Yangiliklar/Tadbirkorga maslahat
23.11.2023 - 11:16 127

Tadbirkorga maslahat

Tadbirkorga maslahat

Qandolatchilik korxonalariga eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 2 yil muddatgacha 1 million AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorda moliyaviy resurslar ajratiladi.

Ushbu moliyaviy resurslar Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan ajratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-noyabrdagi PF-198-son farmoni

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati