/Yangiliklar/Tadbirkorga maslahat
27.02.2024 - 10:48 170

Tadbirkorga maslahat

Tadbirkorga maslahat

2024-yil 1-martdan boshlab eksport qiluvchi korxonalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida oziq-ovqat mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun 2 yil muddatgacha ular tomonidan oxirgi 12 oy davomida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqib 3 million AQSh dollarigacha moliyaviy resurslar ajratiladi.

Bunda, moliyaviy resurslar yillik 4 foiz stavkadan (shundan 2 foizi bank marjasi) oshmagan miqdorda taqdim etiladi

Ushbu resurslar Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son farmoni.

Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJ
Axborot xizmati