Notice: Undefined variable: post_id in /var/www/vhosts/statefund.uz/httpdocs/wp-content/themes/statefund/single.php on line 8
/Yangiliklar/Joriy yilning 24-may sanasida Navoiy viloyati tadbirkorlari bilan onlayn-uchrasuv bo‘lib o‘tdi
02.06.2023 - 18:37 1325

Joriy yilning 24-may sanasida Navoiy viloyati tadbirkorlari bilan onlayn-uchrasuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24-may sanasida Navoiy viloyati tadbirkorlari bilan onlayn-uchrasuv bo‘lib o‘tdi

Ushbu onlayn-uchrashuv viloyat hokimligi va Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hamkorligida tashkil etildi.

Unda viloyatning 300 ga yaqin tadbirkor va ishbilarmonlari, tuman (shahar) hokimlarining birinchi o’rinbosarlari, hokim yordamchilari, tijorat banklar rahbar va mas’ullari hamda Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi vakillari ishtirok etishdi.

Mazkur uchrashuvda mas’ullari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-287-son Farmoni bo‘yicha tushuncha berib o‘tildi.

Jamg‘armaning kafillik va kompensatsiya moliyaviy yordamlari bo‘yicha tushunchalar taqdimot va vedioroliklar orqali tadbirkorlarga yetkazildi.

Shuningdek, Jamg‘arma mas’ullari tadbirkor va mutassaddilarning Jamg‘arma faoliyati va yordamlari bilan bog‘liq bo‘lgan 15 dan ortiq savollariga javob berishdi.

Uchrashuv davomida Jamg‘armaning yordamlaridan samarali foydalanish, kelgusida faoliyatni takomillashtirish hamda ajratilgan yordamlarni keng jamoatchilikka taqdim etib borish yuzasidan takliflar ham ko’rib chiqildi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati