01.03.2021 - 16:34 396

ESLATMA!!!

ESLATMA!!!

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-fevraldagi 77-sonli Qarori bilan “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilingan.

Mazkur Nizomning 52 va 76-bandi talablariga ko‘ra Jamg‘arma tomonidan kompensatsiya yoki kafillik berilganligi to‘g‘risida bildirishnomani olgandan so‘ng ikki kun mobaynida:

tijorat banki filiali yoki lizing tashkiloti, qarz oluvchi va Jamg‘arma shartnomalarni ERI (elektron raqamli imzo) bilan imzolashi belgilab qo‘yilgan.

Ushbu “Kompensatsiya taqdim qilish shartnomasi” yoki “Kafillik shartnomasi”ning belgilangan muddatlarda qarz oluvchi va tijorat banki tomonidan imzolanmasligi – Nizom talablariga zid bo‘lib, shartnomalar tuzilmagan hisoblanadi hamda Jamg‘arma tomonidan ijrosiz qoldirladi.

Shu munosabat bilan Sizdan Jamg‘arma bilan tuziladigan uch tomonlama “Kompensatsiya taqdim qilish shartnomasi” yoki “Kafillik shartnomasi”ni o‘z vaqtida imzolashingizni yana bir bor eslatib o‘tamiz!