02.11.2020 - 12:28 136

«Gender tenglik faoli» milliy tanlovi ishchi guruhining yig’ilishi

2020 yilning 29 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi gender tenglikni ta’minlash masalalari bo’yicha komissiyasi tomonidan tashkil etilayotgan «gender tenglik faoli» milliy tanlovi taqdimotiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi. Unda Oliy Majlis Senati a’zolari, vazirlik va idoralar, BMT Aholishunoslik jamg’armasi, xalqaro mehnat tashkiloti, BMT taraqqiyot dasturi kabi xalqaro tashkilotlarning O’zbekistondagi vakolatxonalari vakillari ishtirok etdilar.

Yig’ilishda tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi vakili Rajdapov Qudrat Kamilovich ham ishtirok etdi.