/Yangiliklar/Joriy yilning 26-may sanasida Qashqadaryo viloyati tadbirkorlari bilan onlayn-uchrasuv bo‘lib o‘tdi
03.06.2023 - 18:15 420

Joriy yilning 26-may sanasida Qashqadaryo viloyati tadbirkorlari bilan onlayn-uchrasuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 26-may sanasida Qashqadaryo viloyati tadbirkorlari bilan onlayn-uchrasuv bo‘lib o‘tdi

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan tadbirkorlar, ayniqsa kichik biznes vakillari bilan ularning faoliyatini qo’llab-quvvatlash doimiy uchrashuvlar va davra suhbatlari o’tkazilib kelinmoqda.

Navbatdagi qashqadaryolik tadbirkor va ishbilarmonlar bilan onlayn-uchrashuv Qashqadaryo viloyat hokimligi va Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hamkorligida tashkil etildi.

Uchrashuv avvalida viloyatdagi tadbirkorlarning salohiyati va Jamg’arma yordamlaridan foydalanish holatlari haqida so’z yuritildi.

Mazkur uchrashuvda mas’ullar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-287-son Farmoni bo‘yicha tushuncha berib o‘tildi.

Jamg‘armaning kafillik va kompensatsiya moliyaviy yordamlari bo‘yicha tushunchalar taqdimot va vedioroliklar orqali tadbirkorlarga yetkazildi. Shuningdek, Jamg‘arma mas’ullari tadbirkor va mutassaddilarning Jamg‘arma faoliyati va yordamlari bilan bog‘liq bo‘lgan 20 ga yaqin savollariga javob berishdi.

Uchrashuv davomida Jamg‘armaning yordamlaridan viloyatdagi tadbirkorlar tomonidan keng foydalanish bo’yicha imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati