08.03.2021 - 09:00 349

8 mart bilan tabriklaymiz

8 mart bilan tabriklaymiz

Aziz va mo’tabar ayollar!

Go’zal va maftunkor onajonlar, opajon va singiljonlar, qadrli ayollar! Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasining butun erkaklar jamoasi nomidan sizni birinchi bahor bayrami – 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaymiz

Sizlarga chin dildan sihat-salomatlik, baxt-saodat, ajoyib bahor kayfiyati va eng yaxshi tilaklarni tilaymiz! Sevgi har doim yuragingizda yashasin, uyingizda esa tinchlik, farovonlik va totuvlik hukm sursin!

Ushbu bahor sizga omad, sihat-salomatlik va farovonlik keltirsin! Jamiyki orzu-tilaklaringiz amalga oshsin.

Hurmat bilan, «O’zbekiston Respublikasi tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi» jamoasi»