/Yangiliklar/Belarus tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv
08.11.2023 - 15:28 188

Belarus tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv

Belarus tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasida (Jamg‘arma) Belarus tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (BTMQJ) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Jamg‘arma ijrochi direktori Abbosxon Maxamatov, BTMQJ tomonidan bosh direktor Pyotr Arushanyanc va tomonlardan boshqa vakillar ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston va Belarusda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Shuningdek, tomonlar tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy mexanizmlari bilan yaqindan tanishdilar, xususan, BTMQJ vakillari tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun kredit va lizing berish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, ularni taqdim etish qoidalari va shartlari muhokama qilindi.

O‘z navbatida, Jamg‘arma vakillari kafillik va kompensatsiyalarni taqdim etish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Bundan tashqari, Jamg‘arma tomonidan yangi xizmatlarni joriy etishning kelajakdagi rejalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama munosabatlarni davom ettirish maqsadida Hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati