09.02.2021 - 16:41 242

Buyuk shoir va mutafakkirimiz Nizomiddin Mir Alisher Navoiy – 580 yoshda!

Buyuk shoir va mutafakkirimiz Nizomiddin Mir Alisher Navoiy – 580 yoshda!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-4865-son Qarori bilan tasdiqlangan dasturga asosan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi xodimlari ishtirokida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda shoirning hayot yo‘lidagi voqealar, qiziqarli tarixiy faktlar, she’riy va nasriy asarlaridagi yuksak umuminsoniy g‘oyalari haqida o‘zaro suhbatlashildi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etuvchilar tomonidan shoir g‘azallari, ruboiylari, tuyuqlari va dostinlaridan namunalar keltirib o‘tishdi.

Barchamizga Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi muborak bo‘lsin!