/Yangiliklar/Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi va Ozarbayjon Tadbirkorlikni rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
16.08.2023 - 14:56 17412

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi va Ozarbayjon Tadbirkorlikni rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi va Ozarbayjon Tadbirkorlikni rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Jamg‘arma) va Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Jamg‘arma tomonidan Jamg‘arma ijrochi direktori Abbosxon Maxamatov, ijrochi direktor o‘rinbosari Jasur Bo‘riyev, Iqtisodiy tahlil va aktivlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Kudrat Radjapov, Ozarbayjon Respublikasi Tadbirkorlikni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan boshqaruv raisi o‘rinbosari Eldar Gamidov, Risklarni boshqarish va iqtisodiy siyosat boshqarmasi boshlig’i Agil Samedov va boshqalar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Ozarbayjonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Bundan tashqari, Jamg‘arma bilan hamkorlik qilib kelayotgan Xalqaro moliya institutlari loyihalari hamda Jamg‘arma faoliyati bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi, bunda Jamg‘arma tomonidan taqdim etilayotgan kafillik va kompensatsiya moliyaviy yordamlarini takomillashtirish va yangi xizmat turlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar .

Uchrashuv so‘ngida tomonlar yuqoridagi masalalari yuzasidan hamkorlikni kengaytirish maqsadida qo‘shimcha uchrashuvlar tashkil etish, anglashuv memorandumini imzolashga kelishib oldilar.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati