17.01.2022 - 08:00 916

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kafilliklar ajratilishi qayta tiklandi!

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kafilliklar ajratilishi qayta tiklandi!

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Jamg‘arma) tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlarning bir qismini ta’minlash maqsadida taqdim etiladigan kafilliklar ajratilishi joriy yil 5-yanvardan to‘htatilgan edi.

Bugungi kunda Jamg‘armada kafilliklarni ta’minlovchi resurs mablag‘lari shakllanganligi sababli, tijorat banklarining kichik tadbirkorlik subyektlarining kreditlari bo‘yicha kafilliklar ajratilishi qayta tiklanganligini ma’lum qilamiz.