/Yangiliklar/Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20.05.2022 - 09:30 143

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma)da Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Jamg‘arma tomonidan Kafillik taqdim etish va yangi xizmatlarni joriy qilish boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Saksonov, Iqtisodiy tahlil va aktivlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Qudrat Radjapov, mehmonlar tomonidan Loyiha menejeri va qishloq xo‘jaligi sohasida katta iqtisodchi Melissa Braun, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha katta mutaxassis Dilshod Xidirov, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) maslahatchisi Eva Pedersen ishtirok etdilar.

Uchrashuv kun tartibiga “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qishloq xo‘jaligi sohasida iqtisodiy tizimni yanada chuqur isloh qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qishloq joylarda xizmat tizmini kengaytirish, shuningdek, turizm va hunarmandchilikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi loyihalarga ajratiladigan bank kreditlariga Jamg‘arma tomonidan kafillik taqdim etilishi uchun Jahon banki Jamg‘armaga ajratilishi belgilangan mablag‘lar qisqa muddatda o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi qishloqlarda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltiriladigan Jahon banki ishtirokidagi “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish (Faza-2)” loyihasi doirasida fikr almashdilar.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati