/Yangiliklar/Qirg‘iziston Kafolat jamg‘armasi OAJ vakillariga 1-kunlik seminar-trening bo‘lib o‘tdi
17.06.2022 - 19:45 288

Qirg‘iziston Kafolat jamg‘armasi OAJ vakillariga 1-kunlik seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Qirg‘iziston Kafolat jamg‘armasi OAJ vakillariga 1-kunlik seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Qirg‘iziston Kafolat jamg‘armasi ochiq aksiyadorlik jamiyati vakillari O‘zbekiston Respublikasi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyati va moliyaviy yordam turlari bo‘yicha tajriba oshirish maqsadida Jamg‘arma vakillari tomonidan seminar-trening tashkil qilindi.

Shuningdek, Jamg‘armaning «Tadbirkor» axborot tizimi haqida yaqindan tushunchalar berildi.

Shu bilan birga, Qirg‘iziston Kafolat jamg‘armasi vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Uchrashuv so‘ngida, tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.


Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati