20.11.2020 - 16:25 301

Xalqaro xotin-qizlar tadbirkorligi kunini nishonlashga bag'ishlangan xalqaro seminar

Xalqaro xotin-qizlar tadbirkorligi kunini nishonlashga bag'ishlangan xalqaro seminar

2020 yilning 19 noyabrida xalqaro xotin-qizlar tadbirkorligi kuniga bag’ishlangan xalqaro seminar bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbir O’zbekiston Respublikasining Milliy gender tenglik bo’yicha komissiyasi tomonidan Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining (ETTB) gender masalalar va iqtisodiy integrasiya guruhi , tadbirkor xotin-qizlarning moliyaviy tashabbusi (We-Fi) va moliyaviy inklyuzivlilik uchun alyans (AFI) bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

ETTB We-Fi tomonidan moliyalanadigan «biznesdagi xotin-qizlar» Markaziy Osiyo dasturini ishga tushirdi. Ushbu dastur moliyalashning innovasion mexanizmlari yordamida tadbirkor xotin-qizlarning moliyalashdan foydalanish, tadbirkor xotin-qizlar tomonidan biznesni va moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish bo’yicha xizmatlardan foydalanishni imkoniyatini kengaytirishga, shuningdek gender jihatlarni hisobga oluvchi siyosat hamda biznes va investisiyalarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan.

Tadbirkor xotin-qizlarning moliyaviy tashabbusi (We-Fi) – bu ko’p tomonlama sheriklik bo’lib, moliya, bozorlar, texnologiyalar, murabbiylik va boshqa xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lgan, shuningdek hukumatlar va xususiy sektor bilan rivojlanayotgan mamlakatlarda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga to’sqinlik qiluvchi qonunlar va siyosatni takomillashtirish ustida ishlayotgan tadbirkor ayollarni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan. We-Fi Avstraliya, Kanada, Xitoy, Daniya, Germaniya, Yaponiya, Niderlandiya, Norvegiya, Rossiya Federasiyasi, Saudiya Arabistoni Qirolligi, Janubiy Koreya Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Birlashgan Qirollik va Qo’shma Shtatlar hukumatlari tomonidan qo’llab-quvvatlanadi. Wi-Fi kotibiyati Jahon banki tomonidan joylashtiriladi, dasturlari esa oltita ko’p tomonlama rivojlanish banklari tomonidan amalga oshiriladi.
Moliyaviy inklyuzivlililik uchun alyans yoki AFI – xalqaro siyosat instituti va dunyoning bankka oid bo’lmagan va nobank aholisi uchun moliyaviy inklyuzivlilik siyosatiga ixtisoslashgan davlat siyosati tarmog’i. Uning tarkibiga 80 ta kam rivojlangan va rivojlangan mamlakatlaridan taxminan 100 ta muassasa, shu jumladan, Markaziy banklar, moliyaviy tartibga solish muassasalari va moliyaviy xizmatlardan foydalanish masalalari bo’yicha direktiv organlar kiradi.

2020 yil gendar tenglikka erishish hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish borasida muhim yil hisoblanadi. Pekin shahrida 1995 yilda bo’lib o’tgan xotin-qizlarning ahvoli bo’yicha to’rtinchi Umumjahon konferentsiyasining 25-nchi yubiley yilida BMT ga a’zo mamlakatlar 2020 yilning 9 martida siyosiy deklarasiyani qabul qildi va uning asosida hanuzgacha xotin-qizlarning huquqlari sohasida uzoqni ko’zlovchi muhim hujjatlar deb hisoblanadigan

Pekin deklarasiyasi va hatti-harakatlar platformasini to’liq amalga oshirish bo’yicha xatti-harakatlarni jonlantirish majburiyatlarni o’z zimmasiga oldi.

Shu munosabat bilan ushbu seminar o’tkazilishining ahamiyati ortib boradi, va ushbu tadbir davlat sektorining manfaatdor tomonlarining tadbirkorlik, gender ta’sirchan siyosatlar, qonunchilikni qo’llab-quvvatlash, ishlab chiqish va amalga oshirishga gender jihatlarini integrasiyalash, shuningdek amaliy faktlar asosida rejalashtirish va resurslarni taqsimlash bo’yicha imkoniyatlarini kengaytirishga yo’naltirilgan. Ayni paytda mezonlar va ko’rsatkichlarni belgilash, xalqaro organlarga hisobotlar berish, xotin-qizlar tadbirkorligining global indeksi kabi xalqaro reytinglar va indekslar uchun ko’rsatkichlarni taqdim etish orqali gender muammolar bilan bog’liq milliy rejalar, rivojlanish strategiyalari va loyihalarining ta’sirini kuzatish ko’zda tutiladi.

Seminarda Markaziy Osiyo mamlakatlarining gender tenglik, kichik va o’rta biznesni, iqtisodiyot va moliyani rivojlantirish masalalari bilan shug’illanuvchi asosiy vazirliklarining davlat xizmatchilari, shuningdek xalqaro tashkilotlar va donor agentliklardan vakillar va manfaatdor tomonlar ishtirok etmoqda.

Seminar ishida Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining vise prezidenti Per Xaylbronn, moliyaviy inklyuzivlilik uchun alyansning ijrochi direktori o’rinbosari Norbert Mumba, moliyaviy inklyuzivlilik uchun alyansning (FAW) bosh direktori Ines Myurrey, xalqaro savdo markazining xalqaro eksperti (ITC) Edison yap, Shvesiya standartlar institutining (SIS) standartlashtirish departamenti loyihasi rahbari Mariya Gustafsson ishtirok etdi.

Seminar davomida «xotin-qizlar tadbirkorligi» tushunchasining rasmiy ta’rifiga oid xalqaro amaliyot va milliy darajada tadbirkorlik sohasida gender batafsil ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish borasidagi ilg’or amaliyotlar taqdimoti bo’lib o’tadi.
Moliyaviy inklyuzivlilik uchun alyansning vakillari AFI a’zosi bo’lgan o’z tashkilotlarining gender batafsil ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish borasidagi tajribasi bilan o’rtoqlashadi.

Muhokama sessiyalarida ishtirokchilar tadbirkorlik va moliyaviy foydalanish imkoniyati sohasida gender statistik ma’lumotlarni tizimli to’plashdagi nuqsonlarni hamda xotin-qizlar tadbirkorligini jadal rivojlantirish siyosati va huquqiy baxasini yaxshilash uchun ayollar rahbarligidagi biznes ta’rifini joriy etish masalalarini muhokama qiladi.

Seminar natijalariga ko’ra, «xotin-qizlar tadbirkorligi» milliy ta’rifini qabul qilish uchun Qonunchilik va tartibga soluvchi muhitni takomillashtirish hamda tadbirkor xotin-qizlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini baholash bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.