21.03.2021 - 08:55 202

Navro’z Bayramingiz Muborak Bo’lsin

Navro’z Bayramingiz Muborak Bo’lsin

Sizni va Siz orqali oilangiz va jamoangiz a’zolarini xalqimizning qadamiy bayrami mehr-oqibat, nafosat va go’zallik, xayr-u saxovat, bahor va uyg’onish ramzi bo’lgan Navro’z ayyomi bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

Ushbu bahor va yangilanish bayramida Siz va oila a’zolaringizda uzoq umr, sihat-salomatlik, fayzli xonadoningizga tinchlik-totuvlik hamda jonajon yurtimiz taraqqiyoti va kelajagi yo’lidagi mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz.

Hurmat bilan, Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash Davlat jamg’armasi jamoasi.