21.03.2022 - 10:00 318

Navro‘z ayyomi muborak!

Navro‘z ayyomi muborak!

Navro‘z – xalqimizning ma‘naviy dunyosini, azaliy ozru-umidlarini, turmush tarzini namoyish etadigan, mehr-muruvvat, insonparvarlik, go‘zallik, yosharish va yangilanish kabi fazilatlarni o‘zida mujassam qilgan bayram.

Navro‘zi olam – sharqona yangi yil. U bahordek go‘zallik va nafosatni o‘zi bilan birga xalqimizning ongu tafakkuri, qalb-shuuriga singib ketuvchi, xonadonlarimizga shodu xurramlik olib keluvchi aziz va qadrli milliy bayramimizdir.

Ushbu qut-baraka bayrami barchamizga muborak bo‘lsin! Tilagimiz – hamisha el-yurtimiz, xonadonlarimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonlarimiz to‘kin, rizqimiz butun bo‘lsin!