25.02.2021 - 11:33 275

Buxoro viloyatida turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv tashkil qilindi

Buxoro viloyatida turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv tashkil qilindi

Buxoro viloyati Turizm departamentida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-sonli farmonida belgilab berilgan vazifalar, topshiriqlar va berilgan imtiyozlar haqida turizm sohasi vakillariga keng tushuntirishlar berish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ochiq muloqat tashkil qilindi.

Mazkur tadbirda Buxoro viloyati hokimligi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy yordamlar to‘g‘risida Q.Radjapov tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.