Notice: Undefined variable: post_id in /var/www/vhosts/statefund.uz/httpdocs/wp-content/themes/statefund/single.php on line 8
/Yangiliklar/Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Jizzax va Xorazm viloyatlari tadbirkori bilan onlayn uchrashuv tavsilotlari
31.08.2023 - 09:20 377

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Jizzax va Xorazm viloyatlari tadbirkori bilan onlayn uchrashuv tavsilotlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Jizzax va Xorazm viloyatlari tadbirkori bilan onlayn uchrashuv tavsilotlari

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Jamg‘arma) tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Jizzax, Xorazm viloyatlari xokimliklari bilan hamkorlikda tadbirkorlar uchun onlayn uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlardan 700 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Dastavval davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda tadbirkorlarga beriladigan bir qator imtiyozlar va qulayliklar yaratilishi to‘g‘risida so‘z yuritildi.


Jamg‘armaning kafillik va kompensatsiya moliyaviy yordamlari bo‘yicha tushunchalar taqdimot va videolavxalar orqali tadbirkorlarga yetkazildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-129 son Farmoni bo‘yicha tushuncha berib o‘tildi. Xususan, yashil iqtisodiyot, qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalarini joriy etish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash ishlari kengaytirilganligi ta‘kidlandi.

Shu bilan birga, Jamg‘arma mas‘ullari tadbirkor va mutasaddilarning 30ga yaqin savollariga javob berishdi va tadbirkorlar tomondan berilgan takliflar inobatga olinib o‘rganilib chiqilishi aytib o‘tildi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati