Jamg'arma kafillik

Kafillik bu — qarz oluvchining tijorat banki oldidagi o’z majburiyatlarini bajarishi uchun javob berish mas’uliyatini tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasiga (jamg’arma) yuklaydigan kafillik shartnomasi.

Jamg’arma tijorat banklarining kreditlari bo’yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham shu jumlaga kiradi) miqdorda, biroq 8 milliard so’mdan ortiq bo’lmagan miqdorda kafilliklar taqdim etadi.

Kafillik berilganligi uchun jamg’armaga qarz oluvchi tomonidan milliy valyutada kafillik summasining bir foizi miqdorida bir martalik vositachilik haqini to’laydi.

Kafillik quyidagi maqsadlardan tashqari barcha yo’nalishlarga beriladi:

  • ilgari olingan kreditlarni yoki istalgan boshqa qarzdorlikni qaytarish;
  • alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
  • savdo-vositachilik tashkilotlari va umumiy ovqatlanish korxonalarining aylanma mablag’larini shakllantirish;
  • savdo ob’ektlari va umumiy ovqatlanish ob’ektlari qurilishini moliyalashtirish;
  • bankdan tashqari kredit tashkilotlari va lizing kompaniyalarining resurs bazasini shakllantirish;
  • tavakkalchilikka asoslangan qimor va boshqa o’yinlarni tashkil etish hamda shu maqsadlar uchun uskunalarni xarid qilish;

O’zbekiston Respublikasi hududida ro’yxatdan o’tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan, tugatilish bosqichida bo’lmagan, joriy kredit va byudjetga to’lovlar bo’yicha muddati o’tkazib yuborilgan qarzdorligi bo’lmagan, ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo’zg’atilmagan qarz oluvchilarning loyihalari bo’yicha kafillik beriladi.

Kafillik bo’yicha majburiyatlar quyidagi holatlarda to’xtatiladi:

  • kredit bo’yicha asosiy qarzning kafillik bilan ta’minlangan qismining to’lanishi;
  • Jamg’arma tomonidan kafillik bo’yicha to’lovning amalga oshirilishi;
  • Jamg’armaning yozma ruxsatisiz kredit shartnomasi bo’yicha majburiyatlarda shaxslarning almashtirilishi;
  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Kafillik olish uchun tijorat bankiga ariza bilan murojaat qilish etarlidir. Tijorat banki kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari arizasi asosida jamg’armaga tadbirkor.statefund.uz informasion tizimi orqali elektron tarzda buyurtmanoma taqdim etadi, taqdim etilgan buyurtmanoma ko’rib chiqiladi va o’sha kunning o’zida Jamg’armaning tegishli javobi elektron tarzda tijorat bankiga etkaziladi.