/Kompaniya yordamlari/Kompensatsiya

Kompensatsiya

Kompensatsiya – tijorat banklari kreditlari (lizinglari) bo‘yicha foizli xarajatlarning bir qismini Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJ hisobidan qoplash demakdir.

Kompaniyaning Kompensatsiya yordami tijorat banklari tomonidan beriladigan kredit va lizinglar doirasida taqdim etiladi.

Mazkur yordamdan kichik tadbirkorlik subyektlari foydalanishlari mumkin.

Kompensatsiya taqdim etilmaydigan yo‘nalishlar:

– Alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish;
– Ilgari olingan kredit (lizing)larni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;
– Nobank kredit tashkilotlari, lizing va sug‘urta kompaniyalari faoliyatini tashkil etish;
– Savdo, umumiy ovqatlanish hamda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish (bundan eksportoldi moliyalashtirish, “yashil” texnologiyalarni sotib olish va o‘rnatish mustasno);
– Aylanma mablag‘larni shakllantirish (eksportoldi moliyalashtirish, turizm va asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zahirasini yaratish bundan mustasno);
– Yengil va ilgari foydalanishda bo‘lgan yuk avtotransport vositalari sotib olish va ularni taʼmirlash (chet eldan olib kelinadigan yuk avtotransport vositalaridan tashqari);
– Bino-inshootlarni sotib olish.

Kompaniya tomonidan Kompensatsiya faqat:

– O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan;
– tugatilish bosqichida bo‘lmagan;
– ularga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilmagan; g) murojaat sanasida kredit (lizing)lar, soliqlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan;
– barqarorlik reytingi ko‘rsatkichi “D” bo‘lmagan;
– yomon kredit tarixiga va Kompaniya yordamlari bo‘yicha salbiy tarixga ega bo‘lmagan (“Kredit-axborot tahlil markazi” Kredit byurosi maʼlumoti asosida aniqlanadi) qarz oluvchilarga taqdim etiladi.

Kompaniya kompensatsiyasi faqat Kompaniyaning tadbirkor.statefund.uz Axborot tizimi orqali yuborilgan buyurtma asosida beriladi.