/Kompaniya yordamlari/Kapitalga ulush kiritish

Kapitalga ulush kiritish

Kapitalga ulush kiritish yordami – ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash loyihalari bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektlari, asbob-uskunalar va boshqa ko‘rinishdagi aktivlar (bitim obyekti)ni sotib olish va uni loyiha tashabbuskoriga taqdim etish orqali uning ustav kapitaliga ulushdor bo‘lib kirish hisoblanadi.

Ustav kapitalga ulush kiritish o‘rta tadbirkorlik subyektlarga 7 yil davomida qaytarish sharti asosida loyiha qiymatining 15 foizi, biroq ustav kapitalining 20 foizi yoki 3 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda tashabbuskorning ustav kapitaliga mulk obyektlari, asbob-uskunalar va boshqa ko‘rinishdagi aktivlar shaklida ulushdor bo‘lib kirish sharti asosida taqdim etiladi.

Moliyaviy yordam milliy valyutada ajratiladi.

 

Kapitalga ulush kiritish yordami quyidagi yo‘nalishlarga taqdim etilmaydi:

  • qimorxona va billiardxonalar, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish uchun talab etiladigan bino va uskunalar;
  • ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish hamda alohida tashkil etiladigan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari bino va uskunalari (bundan savdo va serviz, yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari, jumladan kompleks tarkibida avtomobillarga yonilg‘i quyish hamda savdo shoxobchalari faoliyatini tashkil etish, “yashil” texnologiyalarni, jumladan elektromobillarni quvvatlantirishda foydalaniladigan bino va uskunalari mustasno);
  • qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshiriladigan loyihalar (bundan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlashda foydalaniladigan bino va uskunalar mustasno).