Kafillik

Kafillik — qarz oluvchining hamkor tashkilot oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun javob berish masʼuliyatini Kompaniyaga yuklaydigan kafillik shartnomasi

Kompaniyaning kafilligi tijorat banklarining kreditlari, lizinglari, akkreditivlari, bank kafolatlari; lizing tashkilotlarining lizinglari; mikromoliya tashkilotlarining mikrokreditlariga taqdim etiladi.

Kompaniyaning kafilligi o’zini o‘zi band qilgan shaxslarga, kichik va o’rta tadbirkorlik subyektlariga uning tashkil etilgan davridan kelib chiqqan holda quyidagi jadvalda ko’rsatilgan miqdorlarda beriladi.

 

 

Kafillik quyidagi yo’nalishlarga taqdim etilmaydi:

  • Alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ularning savdo faoliyatini tashkil etish;
  • Ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;

  • Sug‘urta kompaniyalari faoliyatini tashkil etish

  • Yordam ko‘rsatilayotgan loyihalar bo‘yicha ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan yengil avtotransport vositalarini xarid qilish.

Kompaniya tomonidan kafillik faqat:

— O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan;
— tugatilish bosqichida bo‘lmagan;
— ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘zg‘atilmagan;
— murojaat sanasida kredit, lizing, soliq va majburiy yig‘imlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorligi bo‘lmagan;
—KATM skoring maʼlumotnomasida “E” toifasidan yuqori tasniflangan reyting va Kompaniya yordamlari bo‘yicha salbiy tarixga ega bo‘lmagan qarz oluvchilarga taqdim etiladi.

Kompaniya kafolati faqat tadbirkor.statefund.uz  axborot tizimi orqali taqdim etiladi.