/Kompaniya yordamlari/Xizmatlar ipotekasi

Xizmatlar ipotekasi

Xizmatlar ipotekasi — Kompaniya tomonidan tadbirkorning topshirig‘iga binoan sotuvchidan Xizmatlar ipotekasini taqdim etish shartnomasida ko‘rsatilgan ko‘chmas mulk va asbob-uskunalarni mulk qilib sotib olishni va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga foydalanish huquqi bilan loyiha tashabbuskoriga 7 yil muddatga berishni nazarda tutadigan munosabatlarining alohida turi hisoblanadi.

Xizmatlar ipotekasi 24 oydan ortiq faoliyat yuritayotgan hamda oxirgi bir yilda kamida ellik nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan o‘rta tadbirkorlik subyektiga mansub korxonalarga taqdim etiladi.

Xizmatlar ipotekasi moliyaviy barqaror bo‘lgan (byudjet va kreditdan muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan, xisobot davrini foyda bilan yakunlagan) xo‘jalik yurituvchi subyektlarga to‘lovlilik, qaytarishlik va maqsadga muvofiq foydalanishlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.

Xizmatlar ipotekasi bo‘yicha ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutiladigan bitimining maksimal miqdori 10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmasligi lozim.

Xizmat ipotekasi yordamini taqdim etish yuzasidan Kompaniya tomonidan ochiq tanlov eʼlon qilinadi va unda ishtirok etish orqali tadbirkorlar mazkur xizmatdan foydalanishlari mumkin.

Xizmatlar ipotekasi quyidagi yo’nalishlarga taqdim etilmaydi:

  • Qimorxona va billiardxonalar, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish uchun talab etiladigan bino va uskunalar;
  • Ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish hamda alohida tashkil etiladigan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari bino va uskunalari (bundan savdo va servis, yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari, jumladan kompleks tarkibida avtomobillarga yonilg‘i quyish hamda savdo shoxobchalari faoliyatini tashkil etish, “yashil” texnologiyalarni, jumladan elektrmobillarni quvvatlantirishda foydalaniladigan bino va uskunalari mustasno);
  • Transport vositalari sotib olish;
  • Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshiriladigan loyihalar (bundan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlashda foydalaniladigan bino va uskunalar mustasno).

Xizmatlar ipotekasi yordami uchun bitim qiymatiga nisbatan 0,6 foiz komission to‘lov ham undiriladi.